Milliarder Abramovichning aybi isbotlanmadi

Olam

image

Rossiyalik milliarder Roman Abrovomichga britaniyalik jurnalist tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmadi. Bu haqda bugun, 22 dekabr kuni BBC nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, britaniyalik jurnalist Ketrin Belton o‘zining “Putinning odamlari” nomli kitobini chop etgan. Dunyoning mashhur bosmaxonasi “HarperCollins” tomonidan chop etilgan kitobda, milliarder Abramovich shaxsan Prezident Putinning topshirig‘i bilan 2003 yilda Anglyaning ‘’Chelsea” futbol klubini rossiyalik yana bir milliarder Sergey Pugachevdan sotib olgani haqida yozilgan. 

Millarderga qo‘yilgan ayblovlar o‘z tasdig‘ini topmagani ortidan “HarperCollins” bosmaxonasi Roman Abramovichdan kechirim so‘ragan. 

“HarperCollins”ning ma’lum qilishicha, kitobda ko‘plab xato ma’lumotlar va asossiz ayblovlar keltirilgan. Bosmaxona o‘zining xatosini to‘g‘irlaganini bildirgan. Bundan tashqari, kompaniya Abramovichning vakillari bilan kelishib, milliarderga yetkazilgan zararni qoplab berish uchun ajratilgan pullarni xayriya yo‘lida sarflaydigan bo‘ldi.

“Kitobda janob Abramovich “’Chelsea”ni sotib olayotganda, kimningdir ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgani haqida ayblovlar keltirilgan bo‘lsa-da, yangi, to‘g‘irlangan  nashrda, janob Abramovichning klubni sotib olishdan maqsadi nima bo‘lgani batafsilroq tushuntiriladi”, deyiladi, “HarperCollins”ning bayonotida..

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing