“Milan” yarim himoyachisi “Barselona”ga o‘tadi

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Frank Kessie mavsum oxirida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi safiga qo‘shiladi. 25 yoshli yarim himoyachining “rossonerilar” bilan shartnomasi joriy yilning yozida tugaydi va u erkin agentga aylanadi.  Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Kot-d’Ivuarlik futbolchi “ko‘k anorranglilar” bilan yiliga 6,5 million yevro (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 7 million) maoshni nazarda tutgan to‘rt yillik shartnoma tuzadi.

Kessie erkin agent sifatida shartnoma imzolagani uchun bonus ololmaydi. Sababi Kataloniya klubi yarim himoyachiga shundoq ham “Milan”da olayotgan “choychaqa”dan ancha ko‘p pul taklif qilmoqda

Ma’lumot o‘rnida, ivuarlik futbolchi Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali Frankga 45 million yevro narx belgilagan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing