“Milan” “Real Madrid” futbolchisini sotib olmoqchi

Sport 3302
image

Italiyaning “Milan” klubi “Real Madrid” futbolchisi Marko Asensioni sotib olishdan umidini uzgani yo‘q. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya A Seriyasi vakili joriy yilning yozida Marko Asensioni sotib olish to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda. Ammo Madridning “Real” klubi  26 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qildi. Qayd etish joizki, yangi bitimda “los blankos” rahbariyati Markoga to‘lanadigan oylik miqdorini oshirgan.

Asensio 7 million yevro atrofida maosh talab qilayotgan bo‘lsa-da, "Milan" bonuslar bilan atigi 5 million yevrogacha maosh taklif qilish imkoniyatiga ega. Ammo “rossonerilar” ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatidan voz kechmoqchi emas.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda, Marko Asensio “Real Madrid” safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 26 yoshli iqtidor egasini 40 million yevroga baholamoqda. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 31
Reyting: 2.8
t
×