“Milan” futbolchisi “Real”ga o‘tmoqchi

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi yetakchilaridan biri Frank Kessi katta ehtimol bilan mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Bu haqda “Sport24” nashri xabar bermoqda.
 
Xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi “rossonerilar” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. 

Manbada aytilishicha, ivuarlik futbolchiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek,  PSJ va Angliya Premer ligasining bir qator grandlari ham Kessini sotib olishga urinib ko‘rishmoqchi. Biroq, “Milan” futbolchisi uchun faoliyatini ispan grandida davom ettirish varianti qiziq tuyulmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Frank “Milan”da qolmaydi. Chunki, 25 yoshli futbolchining agentlari mijozi hech qanday sharoitda “Rossonerilar” bilan yangi shartnoma imzolamasligini aytishdi.

Eslatib o‘tamiz, Kessi Italiya  A seryasining joriy mavsumida 9 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing