“Milan” 17 yil oldingi natijasini takrorladi
Sport
−
26 Oktabr 2022
2480"Milan" 17 yil ichida birinchi marta Yevropa Chempionlar ligasida safarda to‘rtta gol urishning uddasidan chiqdi.
Stefano Pioli shogirdlari Xorvatiyada Zagrebning "Dinamo"sini (4:0) mag‘lub etishdi. "Rossonerilar"ning gollariga Matteo Gabbiya, Rafael Leao va Olive Jiru mualliflik qildi. Shuningdek, xorvat klubi a’zosi Robert Lyubichich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
"Qizil-qoralar" oxirgi marta 2005 yilning noyabrida "Fenerbaxche"ga qarshi o‘yinda mehmonda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Milanliklar tarixida jami to‘rt marta shunday holat qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, "Milan" YeCHLda ortda qolgan besh turdan so‘ng, 7 ochko bilan "E" guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi