“Mikrokreditbank”ning sobiq xodimlari 401 mlnni “uxlatgani” aniqlandi
3-sahifa
−
12 may 2022
7816Buxoroda ATB “Mikrokreditbank”ning filialidan birida sobiq bank xodimi 245 million so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, ATB “Mikrokreditbank” Buxoro mintaqaviy filialining Kogon bank xizmatlari markazi sobiq mutaxassisi M.K. otasi M.K. nomiga tashkil etilgan “K.H.” MCHJga maishiy texnika sotib olish uchun 245 mln so‘m kredit ajratilishiga erishgan.
Shundan so‘ng, u kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab talon-toroj qilgan hamda markaz nomidan notarial idoraga soxta xat taqdim qilib, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan 391,1 mln so‘mlik tirkamani taqiqdan chiqarib yuborgan.
Shu kabi, Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ATB “Mikrokreditbank” Buxoro viloyat mintaqaviy filialining sobiq mutaxassisi B.R. o‘tgan yili 5 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz jami 156,5 mln so‘m mikroqarz va imtiyozli kredit ajratilishiga erishgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, sobiq xodim kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan, shuningdek o‘zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida fuqarolar A.D. va U.R.ning kredit yig‘ma jildlarini qasddan yo‘qotib yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish) va 227-moddasi (avtomototransport vositalarini yashirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi