Migratsiya agentligi Rossiyadagi migrantlarga muhim eslatma bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolardan o‘z maqomlarini qonuniylashtirishni so‘radi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi

Ma’lum qilinishicha, hozigi kunda Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga joriy yilning 15 iyuniga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi. Shunga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi IIV bilan o‘rnatilgan hamkorlik asosida Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro‘yxati shakllantirildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 15 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqirgan.

Qayd etilishicha, unda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish chorlari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing