Migratsiya agentligi adashdi. Moskvadagi mushtlashuvda o‘zbekistonliklar ishtirok etgan (video)

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyul kuni Moskvaning Kuzminsk sudi Rossiya poytaxti “Kuzminki” metro bekati yaqinidagi muhojirlarning ommaviy to‘qnashuvida Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan 200 ga yaqin migrant qatnashgan, degan qaror chiqardi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv milliy mojaro asosida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati yuqoridagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmaganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni sodir bo‘lgan. Mojaro oqibatida uch jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, qolganlariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qayd etish kerakki, o‘sha kuni politsiya Rossiyadan deportatsiya qilinishi kutilayotgan 102 muhojirni hibsga olgan.

Hibsga olinganlarning ba’zilari “piyodalar va transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bergan ruxsatsiz miting va yurishlarda” qatnashishda ayblangan. Biroq, ularning aksariyati o‘zlarining aybsizligini ta’kidlab, o‘sha rayonda tasodifan paydo bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Kecha, 13 iyul kuni sud mushtlashuvning dastlabki olti ishtirokchisini 15 kunga hibsga oldi. Rossiyadan muhojirlarni chiqarib yuborish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing