Migrantlarni Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi yaratildi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasidagi qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan fuqarolarni jalb qurilishning “qo‘lda boshqarish rejimida” ishlaydigan mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Irek Fayzullinga asoslanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Yangi mexanizmga ko‘ra, endilikda Rossiyaning qurilish kompaniyalari vakillari yoki viloyatlar rahbariyati ma’lum bir ob’ekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Qurilish vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat uch hafda davomida komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Chegaralar ochilganidan keyin esa, Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

698

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing