Migrantlar diqqatiga! Moskvada patent narxi oshadi

Olam

image
0:00
0:00
download

2023 yilda Moskvada ishlayotgan mehnat muhojirlari uchun patent 6600 rublgacha oshadi. Bu haqda Moskva shahar iqtisodiy siyosat va rivojlanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Darya Murchenko ma’lum qildi.

“2022 yilda mehnat muhojirlarining an’anaviy tarmoqlardagi rasmiy maoshi 11,5 foizga oshdi. Shu munosabat bilan patent narxini mutanosib ravishda oyiga 6600 rublgacha oshirish taklif qilinmoqda”, deb tushuntirgan Murchenko.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Moskva patenti chet elliklar uchun oyiga 5900 rublni tashkil qilgan.

Murchenkoning qayd etishicha, patent narxining oshishi muhojirlar zimmasidagi soliq yukini rossiyaliklarning soliq yuki bilan tenglashtirishga yordam beradi.

Patent uchun to‘lov butunlay Moskva byudjetiga tushadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, xarajatlarning oshishi Rossiya Federatsiyasi poytaxti daromadini 3 milliard rublga oshiradi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksiga binoan, patent olish uchun ariza berishda chet elliklar oyiga 1200 rubl miqdorida belgilangan avans to‘lovini to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing