Migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Departament qayta tashkil etildi

Jamiyat

image

Xorijda ishlayotganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Departament qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 10 yanvar kuni “O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan. 

Farmonga muvofiq, Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti etib qayta tashkil etildi.

Departamentga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, Departament milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

Farmonga muvofiq, bir qator vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing