Microsoft rahbari soliqlar sabab kompaniyadagi aksiyalarini sotdi
Olam
−
30 noyabr 2021
3040Microsoft korporatsiyasi bosh direktori Satya Nadella o‘tgan hafta kompaniyadagi aksiyalarining yarmini sotdi. Bu unga 285 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, aksiyalarni sotish qarori soliq qonunchiligining kuchaytirilishi bilan bog‘liq. Bu haqda “Forbes” yozmoqda.
Microsoft kompaniyasining Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) yuborgan xabariga ko‘ra, Nadella ikki kun ichida o‘ziga tegishli taxminan 1,7 million aksiyadan qariyb yarimini, aniqrog‘i 838 584 tasini sotgan. Bu unga 285 million dollardan ko‘proq foyda keltirgan.
Kompaniya vakili Nadellaning aksiyalarni sotish qarorini moliyaviy rejalashtirish va investitsiyalarni diversifikatsiya qilish istagi bilan izohlagan.
“U Microsoft muvaffaqiyatiga sodiq va uning kompaniyadagi ulushi direktorlar kengashi tomonidan qo‘yilgan talablardan ancha yuqoriligicha qolmoqda”, deydi kompaniya vakili.
Nadellaning qarorini Vashington shtati kelasi yildan boshlab yiliga 250 ming dollardan ortiq bo‘lgan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalardan olinadigan daromadga 7 foizlik soliq joriy etishni rejalashtirayotgani bilan izohlash mumkin, deya qayd etgan
“Market Watch”.
LiveBarchasi