O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bu qiziq

image

Bugun, 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:07 da (13.08.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 18:07 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 38,55 gradus shimoliy kenglik; 69,83 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 306 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 306 km, 2 ball.
Namangan: 314 km, 2 ball.
Andijon: 328 km, 2 ball.
Farg‘ona: 264 km, 2 ball.
Guliston : 234 km, 3 ball.
Jizzax: 244 km, 2 ball.
Samarqand : 276 km, 2 ball.
Termiz: 268 km, 2 ball.
Qarshi: 352 km, 2 ball.
Navoiy: 419 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing