MIBga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
11 mart 2023
8510O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
M.Egamberdiyev tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlangandi.
LiveBarchasi