MIB “Sho‘rtan” futbol klubi soliq qarzini to‘lamagani uchun chora ko‘rdi

Sport

image

“Sho‘rtan professional futbol klubi” Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil, 7 sentyabrdagi ijro varaqasi ga asosan, 110 mln 663 ming 983 so‘m hamda 27 sentyabr ijro varaqasiga asosan 358 mln 344 ming 988 so‘m, jami salkam 470 mln so‘m soliqdan qarzdorligi mavjud ekanligi ayon bo‘ldi. 

Ogohlantirishlarga qaramasdan, klub qarzdorlikni bartaraf etmagach, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan majburiy tartibda undirish belgilandi.

Joriy yilning 17 dekabr kuni klub rahbari boshqaruvidagi “Malibu” va “Lacyetti” hamda klubga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli yengil avtomashinalar hamda avtobus xatlab olindi. 

“Agar klub Byuro tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmasa, bu avtomashinalar sotuvga qo‘yilib, tushgan mablag‘lar orqali qarzdorlikni qoplash choralari ko‘riladi”, - deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing