MIB aliment to‘lanmagani uchun 13 yoshli bolaning chetga chiqishini taqiqladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan voyaga yetmagan, 13 yoshli bolaga aliment qarzdorligi uchun asossiz taqiq qo‘yilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi izoh berib, o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2019 yili 18 fevralidagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.A.dan undiruvchi M.D. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Mirobod tuman bo‘limiga kelib tushgan. 

Ijro ishi bo‘yicha 2020 yilning 9 aprel kuni davlat ijrochisi B.Alimardonov tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdordan aliment pullari qisman undirilib kelingan.

Joriy yilning 28 yanvar kuni esa qarzdorni chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.   

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari jarayonida, texnik xatolik sababli undiruvchi M.D.ning voyaga yetmagan farzandi A.T.ga nisbatan taqiq qo‘yilgan.

Shundan so‘ng, qo‘yilgan taqiq joriy yilning 2 fevral kuni bekor qilinib, ijro uchun tegishli idoralarga yuborilgan.

Ushbu holatda davlat ijrochisining mas’uliyatsizligi sababli unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, fuqaro M.D. yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat etishi lozim bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

294

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing