MFY xodimlari faoliyati baholab boriladi

Jamiyat

image

Endilikda mahallalardagi namunali fuqarolar yig‘ini xodimiga sanatoriyga bepul yo‘llanma beriladi. Bu haqda 14 avgustda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi nizomda keltirib o‘tilgan.

Mazkur yangi nizomga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligi har yarim yillik yakuni bo‘yicha reyting baholanadi. Baholash Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini baholashda fuqarolar yig‘inining har bir xodimining o‘z funsional vazifalarini sidqidildan bajarganligi va uning tashabbuskorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Mahallada ehtiyojmand va kambag‘al oilalarni aniqlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan manzilli ishlar natijasi baholash ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Baholash natijalariga ko‘ra fuqarolar yig‘inlari xodimlari va jamoatchilik asosida mehnat qilayotgan shaxslarning har biriga:

•  yarim yillik natijalari bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,75 baravarigacha bir marotaba pul mablag‘lari ajratiladi;

•  yil yakuni natijalari bo‘yicha respublika hududidagi sanatoriylardan biriga sog‘ligini tiklash uchun bir marotabalik bepul yo‘llanma beriladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing