MFRB boshlig‘i o‘zgardi. Sobiq rahbar YHXBga o‘tkazildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yangi tayinlovlar yuz berdi. 

Unga ko‘ra, polkovnik Ulug‘bek Abdumurodovich Mirzaqambarov Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Shu kungacha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qudrat Abduvaxatovich Yo‘ldoshev esa Toshkent shaxar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Yo‘l patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimiga tayinlandi.   


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing