Meyvezerni tunab ketishdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Beshta vazn bo‘yicha sobiq jahon chempioni, yengilmas bokschi Floyd Meyveyzerning Las-Vegasdagi uyida o‘g‘rilik sodir bo‘lgan. Bu haqda bokschining o‘zi Instagram sahifasida e’lon qildi:

“Uy inson uchun muqaddas, tinchlik, dam olish va tasalli topadigan joydir. Agar kimdir bu muqaddas joyni buzsa, og‘riqli va achinarli bo‘ladi.

Las-Vegasdagi uylarimning birida o‘g‘rilik sodir bo‘lgan. Jinoyatchilar ko‘plab qimmatbaho sumkalar va boshqa buyumlarni o‘margan”, deb yozgan Floyd.

Uyini tunab ketishganini aqlbovar qilmas holat, deya baholagan Floyd jinoyat haqida xabar bergan insonga kamida 100,000 dollar mukofot va’da qilgan.

Ma’lumot uchun, Meyveyzer oxirgi bor joriy yilning 6 iyun kuni bloger Logan Polga qarshi ringga ko‘tarilgan va faoliyatida ilk bor durang natija qayd etgan edi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing