Meyvezer Logan Pol bilan bog‘liq mojarolarga munosabat bildirdi

Sport

image

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bloger Logan Polning unga ko‘rgazma jangi uchun hali ham pul bermagani haqidagi ayblovlariga javob qaytardi.

“Bu uning olishi kerak bo‘lgan puli. Menga blogerlar yoqadi. Lekin chiptalar savdosi va translyatsiya uchun to‘lovlarni olish uchun vaqt talab etiladi. Hech narsa tez sodir bo‘lmaydi. Men hali ham yetti-sakkiz yil oldin bo‘lgan janglarim uchun cheklarni yig‘aman. Pol hayotida olgan eng katta maoshidan rohatlanishi kerak”, deydi Meyvezer.

Ma’lumot uchun, ushbu duel o‘tgan yilning 7 iyun kuni AQSHning Mayami shahridagi "Hard Rock Stadium" arenasida o‘tkazilgan edi. Jang reglamentida har biri uch daqiqadan sakkizta raund o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Agar jang to‘liq davom etadigan bo‘lsa, g‘olib nomi e’lon qilinmasligi kerak edi va yakunda shunday ham bo‘ldi. Shu bilan birga, nokdaun va nokautlarga ham qoidalar bo‘yicha ruxsat berilgan.

Meyvezerning bu jangdagi kafolatlangan ulushi 10 million dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, u translyatsiya va chiptalar savdosidan 50 foiz olishi ham belgilangan. Polga kelsak, uning kafolatlangan ulushi 250 000 dollar va chiptalar sotuvi hamda translyatsiyadan tushadigan mablag‘ning 10 foizini tashkil qilishi kerak edi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing