Meyvezer qancha pul evaziga professional boksga qaytishini aytdi

Sport

image

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 200 million dollar evaziga professional boksga qaytishini ma’lum qildi

"Fighttime" internet nashrining xabar berishicha, Meyvezer bu yil 3 ta jangda qatnashmoqchi.

“Faoliyatimni yakunlaganimga qaramasdan, hali ham eng ko‘p gap-so‘z bo‘layotgan bokschiman. Bu yil yana uchta ko‘rgazmali jangda ishtirok etaman, balki bittasi professional jang bo‘lar. Agar kimdir menga 200 million dollar to‘lashga tayyor bo‘lsa, men professional jang o‘tkazishga tayyorman”, degan Floyd Meyvezer.

Ma’lumot uchun, Floyd Meyvezer faoliyati davomida o‘tkazgan 50 ta rasmiy jangining barchasida g‘alaba qozongan. 27 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. U BWAA tomonidan 2010 yilda "Dekada jangchisi" unvonini olgan. Meyvezerning so‘nggi marta 2017 yil avgustida Konor Makgregorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang qilib, g‘alaba qozongan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing