Metroning “Xalqlar do‘stligi” bekatiga jetonsiz kirish imkoniyati yaratildi

Jamiyat

image

7 avgustdan boshlab Toshkent metrosida aloqasiz(bevosita) to‘lovni amalga oshirish tizimi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha metropoliten va “O‘zmilliybank” bilan  hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, bu hozircha pilot loyiha. Hozirda Chilonzor liniyasidagi “Xalqlar do‘stligi” stansiyasiga “Oplata kartoy HUMO. HUMO kartasi bilan to’lang” yozuvi tushirilgan bitta turniket o‘rnatilgan.

To‘lov Humo kartasini turniketdan o‘tkazib olish orqali ko‘z ochib yumguncha amalga oshiriladi. Yo‘l kiri avtomatik tarzda yechib olinadi.

Kompaniya yangi texnologiya eng talab katta stansiyalarda tig‘iz paytlarda juda samarali vositaga aylanishiga e’tibor qaratdi. Kassadan jeton olish o‘rniga turniket orqali bevosita to‘lovni amalga oshirishni tanlagan yo‘lovchi kuniga bunday sharoitda 8 daqiqa tejaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing