Metroning “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 23 dekbar kuni soat 12:15 da Shayxontoxur tumani “Kosmonavtlar” metro bekati ichida harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat tarkib(sostav)ning 3-vagonida texnik sabablarga ko‘ra saqlagich (predoxranitel) kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqib qolganligi taxmin qilinmoqda. 

Voqea joyida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Nosoz vagon - ta’mirlash uchun DEPOga yuborilgan.

Shuningdek, voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanganlar yo‘q, baxtsiz hodisa ro‘y bermagan.

Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy ish rejimida ishlamoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing