Metroda 13 yashar qizaloqqa shilqimlik qilgan erkakka sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosidan videolavha tarqalgani, unda 13 yashar voyaga yetmagan qizaloqqa yoshi 30 lar atrofidagi erkak shilqimlik qilayotgani aks etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu videolavha va qizning onasi murojaati asosida erkakka jinoiy iz qo‘zg‘atilgandi. Nihoyat sud bo‘lib o‘tdi va aybdorga hukm o‘qildi.

Joriy yilning 2 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi K.Sh. (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan  jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetgan. 

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, K.Sh. joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni poyezdining vagonida voyaga yetmagan qiz bolaga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilgan bo‘lib, Jinoyat kodeksining 129- moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etlikda aybli deb topildi. 
 
Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1940

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing