Messining PSJga o‘tish rejasi bo‘lmagan – Terri Anri  

Sport

image

Lionel  Messining PSJga o‘tish rejasi bo‘magan va bu transfer kutilmaganda ro‘y bergan. Fransiya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq hujumchisi Terri Anri shunday fikr bildirdi. 

Shuningdek, Anri “L'Equipe” nashriga bergan intervyusida Messi bilan sodir bo‘lgan vaziyat odamlar o‘ylaganchalik oddiy emasligini ham  ta’kidlab o‘tgan.

“Lionel Messi “Barselona”ni tark etganida yig‘ladi. Bu uning rejalarining bir qismi emas edi. Hech qachon boshqa klubga bormayman, deb o‘ylaysan. Biroq bu to‘satdan sodir bo‘lsa, senda jilovlash qiyin bo‘lgan his-tuyg‘ular jo‘sh uradi. Odamlar Parijda Messi bilan hammasi yaxshi deb o‘ylashadi. Biroq Lionel bilan sodir bo‘lgan vaziyat ular o‘ylaganchalik oddiy emas”, degan Anri.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”dan PSJga o‘tgan edi. 34 yoshli argentinalik hujumchi joriy mavsum Fransiya chempionatda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Lionel Messining fransuz klubi bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing