Messining faoliyati yakunlangach nima bilan shug‘ullanishi aytildi
Sport
−
10:44 1088 1 daqiqa
“Inter Mayami”ning biznes operatsiyalari bo‘yicha prezidenti Xaver Asensi hujumchi Lionel Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, klubda qanday maqomga ega bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda Asensi “Marca” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Bir kun kelib Messi futbol o‘ynamay qo‘yadi. Bu haqda gapirish og‘riqli, ammo haqiqat shuki, u yana 15 yil o‘ynay olmaydi. Leodan keyingi davr haqida o‘ylamaslik ahmoqlik bo‘lardi. Ammo u o‘ynashni istar ekan, o‘ynashda davom etsin. U boshqalardan ko‘ra, faoliyatini qachon yakunlashini o‘zi hal qilish huquqiga ega”, deydi Asensi.
“Inter Mayami” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin ham o‘zini “Inter Mayami”ga bag‘ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Amaldagi reglamentga ko‘ra, u hozir klub egalaridan biri bo‘la olmaydi, chunki MLS qoidalari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq u futbol o‘ynashni to‘xtatishi bilanoq “Inter Mayami” aksiyadorlaridan biriga aylanadi”, deydi Asensi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Messi “Inter Mayami” safida 2023 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Live
Barchasi