Messining futbolkasi deyarli yarim million yevroga sotildi

Sport

image

Ismi oshkor etilmagan xaridor Lionel Messining futbolkasini auksionda 427 ming yevroga sotib oldi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi futbolkasining yangi sohibi uni auksiondan sotib olgani va 427 680 yevro to‘lagani haqida o‘zi ma’lum qilgan.

"Muqaddas tog‘larning eng muqaddasi", deya izoh qoldirgan Messining mashhur futbolkasining yangi egasi.

Messi 2017 yilning aprel oyida Santyago Bernabeuda “Real”ga qarshi o‘yinda (3:2) “Barselona” safidagi o‘zining 500-golini kiritgandi. Goldan so‘ng, Lionel futbolkasini yechgan va tribunadagi muxlislarga ko‘rsatgan. Aynan o‘sha futbolka auksionda deyarli yarim million yevroga sotilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yozida 34 yoshli argentinalik futbolchi “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga kelib qo‘shilgandi. Messi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Argentinalik iqtidor egasi yana bir yil PSJda qoladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing