Messi Jahon chempionatining ikki asosiy favoritini aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasining yulduzi Lionel Messi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘zi favorit deb bilgan jamoalar nomini aytdi. Bu haqda “Ole” nashri xabar berdi.

“Braziliya terma jamoasining Kamerun bilan uchrashuvida 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatini inobatga olmasak, mundialda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu jamoani chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri deb bilaman. Fransiya terma jamoasi esa taktik mahoratga ega jamoa. Ular maydonda to‘pni juda yaxshi nazorat qiladi”, deya fikr bildirgan 35 yoshli hujumchi.

Ma’lumot o‘rnida, Argentina JCH-2022 1/8 finalida Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga chikdi. 9 dekabr sanasida terma jamoa Niderlandiya bilan to‘qnash keladi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing