Messi tufayli Argentinaning Xitoydagi o‘yinlari so‘roq ostida qoldi

Sport

image

“Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi Gongkongdagi mahalliy jamoa bilan o‘yinda ishtirok eta olmagani sababli yuzaga kelgan mojaro Argentina terma jamoasi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Gap shundaki, bir necha kun avval “Inter Mayami” Gonkongga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi, Lionel Messi esa jarohati sabab bahsda ishtirok etmadi, biroq bir necha kundan keyin Yaponiyadagi o‘yinda maydonga tushdi, bu esa xitoylik futbol muxlislarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Argentina terma jamoasimart oyida Xitoyda Nigeriya va Kot-d'Ivuar terma jamoalari bilan o‘rtoq o‘yinlarida maydonga tushishi reja qilingan, biroq ikkala o‘yin ham Xitoy hukumati tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu ham jamoasining Xitoy turnesi doirasidagi o‘yinlarida maydonga tusha olmasligini aytgandi va “Al-Nasr”ning Xitoy safari bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Gongkong Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing