Messi “Trua”ga qarshi uchrashuvda eng past ballga loyiq ko‘rildi

Sport

image

Kecha, 8 may kuni PSJ Fransiya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan “Trua”ga qarshi ucharshuvda 2:2 hisobidagi durrang natija qayd etdi. Fransiyaning eng nufuzli nashri “L'Equipe” ushbu uchrashuv uchun eng past ballardan birini PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga qo‘ygan. 

Manbaga ko‘ra, Messi “Trua”ga qarshi uchrashuvdagi o‘yin uchun jami 10 ballik imkoniyatdan 4 ballga loyiq ko‘rildi. Messi parijlik futbolchilar orasida faqatgina Nunu Mendeshdan yaxshiroq ko‘rsatgichga ega.

Bu Messiga qo‘yilayotgan eng past ko‘rsatkichlarning birinchisi emas. OAVning bunday munosabati Messiga ham yoqmayapti. Hatto, argentinalik futbolchi matbuotning asossiz tanqidlari yuzasidan rahbariyatga ham murojaat qilgan.

PSJning "Trua"ga qarshi o‘yinidagi eng yaxshi futbolchilar Markinos va Anxel Di Mariya bo‘ldi. Ular 7 balldan baholangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 34 yoshli Messi PSJ safida barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 13 ta golga assistentlik qilgan. Parijliklar Fransiya chempionatida 80 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa muddatidan oldin mamlakat chempioniga aylandi. “Marsel” esa Fransiya chempionatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Klub hisobida 68 ochko bor. "Monako" 65 ochko to‘plagan holda, kuchli uchlikni yakunlab bergan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing