Messi shedevr gol kiritgan o‘yinda Argentina ochko yo‘qotdi

Sport

image

Kecha, 14 iyun kuni Braziliyada Kopa Amerika musobaqasining “A” guruhi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Argentina va Chili bahsida har ikki jamoa bittadan gol kiritdi va yakunda 1:1 hisobi qayd etildi.
“Nilton Santos” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan turning markaziy uchrashuvi kutilganidek teng kurashlar ostida kechdi.

Birinchi taymda ustunlikka erishgan argentinaliklar o‘yinning 33-daqiqasida hisobda oldinga chiqib oldilar. Terma jamoa sardori Lionel Messi jarima zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. Chili darvozaboni Klaudio Bravo har qancha urinmasin to‘pni qaytara olmadi.

Ikkinchi taymni faol boshlagan chililik futbolchilar yakunda o‘z maqsadlariga erishdilar. Arturo Vidalga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng, bosh hakam Vilmar Roldan  11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Arturo penaltidan yo‘llagan zarbani Emiliano Martinez qaytardi, biroq Eduardo Vargas to‘pni darvozaga yo‘llab, muvozanatni tikladi. Ushbu hisob o‘yin oxiriga qadar saqlanib, qoldi va jamoalar bittadan ochkoga ega bo‘ldi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda Paragvay Boliviyani 3:1 hisobida taslim etdi. 

Birinchi bo‘limda boliviyaliklar 
Saavedraning penaltidan kiritgan goli tufayli hisobda oldinga chiqib oldilar. Ikkinchi taymda esa, Anxel Romeroning dubli va Alexandro Romeroning goli Paragvayga g‘alaba keltirdi. “Pedro olimpiko” stadionida o‘tgan bahsni Diyego Xaro boshqardi.

Shu tariqa, Paragvay guruh peshqadamiga aylandi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi Argentina

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing