Messi ikki yilga terma jamoadan chetlatilishi mumkin

Olam

image

Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi sardori Lionel Messi Janubiy Amerika futbol federatsiyasi – KONMEBOL tomonidan 2 yil muddatga terma jamoadan chetlatilishi mumkin.

Xabaringiz bor, kechagina o‘z yakuniga yetgan “Amerika kubogi-2019” musobaqasida Messi sardorligidagi Argentina terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Jamoa finalga chiqish uchun o‘tkazilgan bahsda mezbon Braziliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

O‘sha uchrashuvdan so‘ng Messi o‘yinni boshqarib borgan hakamning hatti-harakatlariga tushunmaganligini, o‘yin davomida Argentina foydasiga penalti belgilanmagnini aytgan edi. Bularning hammasiga KONMEBOLdagi korrupsiyani aybdor qilib ko‘rsatgan edi.

KONMEBOL Messining bu so‘zlarini haqorat deb qabul qilmoqda. Agar bu tasdiqlansa Leo ikki yil muddatga Argentinaning o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz “Copa Amerika” musobaqasi keyingi yil Argentina va Kolumbiya davlatida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing