Messi gol urgan o‘yinda PSJ g‘alaba qozondi

Sport

image

O‘rtoqlik uchrashuvida Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasi Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” klubi bilan to‘qnash keldi. 

O‘yin Tokiodagi “Yaponiya milliy” stadionida bo‘lib o‘tdi va parijliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida PSJ hujumchisi Lionel Messi hisobni ochdi. Golga asissentlik vazifasini himoyachisi Ashraf Hakimi bajardi. 58-daqiqaga kelib, hujumchi Arno Kalimuendo oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Biroq uchrashuv mobaynida yaponiyalik futbolchilar ham yomon harakat qilishmadi. 84-daqiqada yarim himoyachi Kadzuya Yamamura “Kavasaki Frontale”ning  o‘yindagi yagona goliga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, parijliklar amaldagi Fransiya chempioni hisoblanadi. Fransiya chempionatining yangi mavsumi joriy yilning 5 avgust kuni boshlanadi. Fransiya chempionatining 2022-2023 yilgi mavsumi 1-tur uchrashuvida PSJ “Klermon” bilan o‘ynaydi. Bahs 6 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing