Messi “Barselona”ni tark etdi. Unga darrov talabgor chiqdi

Sport

image

“Barselona” argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Klub 34 yoshli futbolchi bilan moliyaviy cheklovlar sabab shartnomani uzaytira olmasligini ma’lum qildi.

“Klub va Leo Messi kelishuvga erishgan va bugun yangi shartnoma imzolash niyatida bo‘lishiga qaramay, La Liga reglamenti bilan bog‘liq iqtisodiy va tarkibiy to‘siqlar tufayli hujjatni rasmiylashtirishning iloji yo‘q.

Shu holat tufayli Lionel Messi endi “Barselona” sharafini himoya qilmaydi. Tomonlar va futbolchining istaklarini bajarib bo‘lmasligidan qattiq afsusda.

“Barsa” futbolchiga klub taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi va unga shaxsiy va professional hayotida omad tilaydi”, deyiladi klub bayonotida.

Jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lum qilishcha, PSJ klubi "Barsa"dan ketgan Messi bilan bog‘langan. Klub argentinalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Messi “Barsa” tarbiyalanuvchisi. U klub tuzilmasiga 2000 yilda qo‘shilgan. 2003 yilda asosiy tarkibda debyut qilgan. Futbolchi 778 ta o‘yinda 672 ta gol urib, 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi kataloniyaliklar bilan 35 ta mukofotni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2058

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing