Messi “Barselona” futbolchisini PSJda ko‘rmoqchi
Sport
−
09 noyabr 2021
6544Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Xordi Alba jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “My Seldon” portali xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Kataloniya klubi moliyaviy muammolar sabab futbolchining maoshini qisqartirmoqchi. Bu esa Albaga unchalik ma’qul kelmayapti.
Himoyachi joriy mavsumda maoshini qisqartirishga rozi bo‘ldi, biroq uni muntazam ravishda amalga oshishiga qarshi. PSJ klubi mazkur vaziyatni jiddiy tarzda kuzatib bormoqda. Sababi, parijliklarning yangi a’zosi Lionel Messi “ko‘k-anorranglilar” safidagi sobiq sherigini Fransiyada ko‘rishni istamoqda.
Albaning kataloniyaliklar bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Xordi joriy mavsum Ispaniya La ligasida 8 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Jamshidbek Mahmudov
LiveBarchasi