Messi aql bovar qilmas darajada kuchli edi – Del Pero

Sport

image

Italiya terma jamoasi va “Yuventus”ning va sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero 17 yoshli Lionel Messiga qarshi o‘yin haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan, Leoni yiqitishga uringani, ammo buning uddasidan chiqa olmaganini ma’lum qildi. U bu haqda ESPN nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“O‘sha vaqtni yaxshi eslayman, odamlar Messi haqida gapirishardi. Men birinchi va oxirgi marta unga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldim va bu juda qiziqarli edi. Butun o‘yin davomida, Messi juda yaxshi harakat qildi. Jamoadoshlarim va men Messini muhokama qildik. Ha, u aql bovar qilmaydigan darajada kuchli edi. Men hatto Lionelni yiqitish uchun tepishga ham harakat qildim, ammo bunga erisha olmadim”, degan Del Pero.

Ma’lumot o‘rnida, Messi parijliklar safiga 2021 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. O‘tgan davr mobaynida, u PSJ safida 34 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yana bir yil muddatga amal qiladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing