Messi hamon “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi

Sport

image

“Oltin to‘p” uchun nomzodlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ hujumchisi Lionel Messi birinchi o‘rinni saqlab qolgan. Reytingdagi asosiy yangilik “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford kuchli o‘nlikka kirgani bo‘ldi.

Top-10:

1. Lionel Messi (PSJ);

2. Kilian Mbappe (PSJ);

3. Erling Xoland (“Manchester Siti”);

4. Robert Levandovski (“Barselona”);

5. Neymar (PSJ);

6. Markus Reshford (“Manchester Yunayted”);

7. Vinisius Junior (“Real Madrid”);

8. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”);

9. Viktor Osimhen (“Napoli”);

10. Jamol Musiala (“Bavariya”).

Ma’lumot uchun, “Real” a’zosi Karim Benzema “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum jamoasi bilan YeCHL va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing