Mesut O‘zil “Arsenal”dan ketib, boshqa bir superjamoaga o‘tmoqchi
Sport
−
12 Oktabr 2019
4041Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoadan ketmoqchi.
Germaniyalik o‘yinchi qishki transfer mavsumida jamoani tark etishni xohlamoqda. 30 yoshli futbolchi Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tmoqchi va "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatiga o‘z xizmatlarini taklif qilgan.
Ma’lumot uchun kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Mesut O‘zil 1988 yilda. Gelzenkirxenda tug‘ilgan. Onasi Mesutning Turkiya terma jamoasida, otasi esa Germaniyada o‘ynashini istar edi. Mesut Germaniya terma jamoasini tanlashni jahon darajasidagi o‘yinchi bo‘lish orzusi bilan izohlaydi.
O‘zelning "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
U 2010-2013 yillar davomida "Barselona"ning ashaddiy raqibi bo‘lmish "Real"da harakat qilgan.
Mesut O‘zel 2018 yilgi jahon chempionati oldidan kelib chiqishi turk bo‘lgan Germaniya termasidagi jamoadoshi Gundogan hamda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qo‘shma fotosuratini e’lon qildi. Shundan so‘ng futbolchilarga tanqidlar to‘lqini boshlandi. Eng faol tanqidchilardan biri Germaniya Futbol Federatsiyasining Prezidenti Raynxart Grindel edi, u hatto futbolchilarni JCHdan chetlatish talabini qo‘ydi. Shunga qaramay, Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi futbolchilarni qo‘llab-quvvatladi va talablarga javob bermadi. Shuningdek, Mesut O‘zel dunyoning eng nomdor musulmonlari ro‘yxatiga kiritilgan.
LiveBarchasi