Merkelning partiyasiga yangi rahbar saylandi
Olam
−
16 yanvar 2021
2472Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi partiyasi yig‘ilishidagi ko‘pchilik delegatlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtati rahbari Armin Lashetni partiyaning yangi rahbari bo‘lishiga ovoz berdi, deb xabar bermoqda Welt.
Uning nomzodi uchun 521 kishi ovoz bergan, yana 466 delegat fraksiyaning sobiq rahbari Fridrix Merzni qo‘llab-quvvatlagan. To‘rt kishi betaraf qolgan. Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Norbert Rottgen birinchi bosqichda poygadan chiqib ketgan. Natijalar pochta orqali ovoz berish orqali rasman tasdiqlanishi kerak.
2018 yilgacha partiyani Angela Merkel, undan keyin Annegret Kramp-Karrenbauer boshqargan.
LiveBarchasi