Merkel Ukrainani islohotlarni davom ettirishga chaqirdi

Olam

image

Ukrainada tarkibiy islohotlarni amalga oshirish Germaniya uchun katta ahamiyatga ega, bu jarayonni davom ettirish kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya-Ukraina biznes-forumi ishtirokchilariga videomuloqot orqali qilgan murojaatida ma’lum qildi.

Kansler Berlin Ukrainani sarmoyalar uchun joy deb bilishini, ammo islohotlarni amalga oshirishda taraqqiyot muhimligini aytdi.

“Ukrainaning islohotlarga sodiqligini bildirgani biz uchun katta rol o‘ynaydi”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada ma’lum sohalarda taraqqiyot bor. 

“Ba’zi sohalarda qadamlar hali oldinda. Biz sizni faqat islohotlarni izchil davom ettirishgagina ilhomlantira olamiz”, deydi Merkel.

Germaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari Ukrainada islohotlarni amalga oshirilishini “kelajakka qilingan sarmoyalar” deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing