“Mening yurtim” telekanalida “Jurnalist” serialining yangi mavsumi boshlanmoqda

Biznes

image

30 maydan boshlab “Mening yurtim” telekanalida “Jurnalist: Orzular shahri” serialining yangi mavsumi boshlanmoqda.

Serialning birinchi mavsumi bugungi kunda an’anaga aylangan maishiy mavzular — sevgi-muhabbat, qaynona-kelin munosabatlaridan farqli o‘laroq mutlaqo yangicha yo‘nalishga qo‘l urgani bilan tomoshabinlar mehrini qozondi.

“Jurnalist” teleserialining ikkinchi mavsumida jurnalistika sohasiga  yanada chuqurroq e’tibor qaratilgan, xususan, tomoshabinlarni qiziqtirgan bu soha vakillarning faoliyatlarini ochib berilishi hamda yangidan-yangi chehralarni kashf etilganini ko‘rish mumkin.

Serialning badiiy rahbari va g‘oya muallifi, xalqimiz suygan ijodkor Musaxon Nurmatov. Unda  Mehriddin Rahmatov, Otabek Mahkamov, Abdurasul Nasriddinov, Sug‘diyona Azimova, Aysanem Yusupova, Bobur Imomov, Marjona Mirzaaliyeva, Sarvar Isayev, va Dilmurod Soliboyev kabi aktyorlar ishtirok etishgan.

“Jurnalist: Orzular shahri” serialining namoyishini 30 maydan boshlab dushanbadan jumaga qadar soat 20:30 da “Mening yurtim” telekanalida, albatta, tomosha qiling.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing