“Menga dollar kerak”. Londonda hukumatdan norozilar miting uyushtirdi
Olam
−
19 iyun 2022
15809Londonda keng ko‘lamli norozilik namoyishi o‘tkazildi. Buyuk Britaniyada turmush darajasidagi inqiroz va rekord darajadagi inflyatsiya fonida minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda “Sky News” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, namoyishchilar hukumatning iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rayotgan choralaridan norozi. Ular inflyatsiya va turmush narxining oshishiga qarshi kurashda ko‘proq harakat qilishga chaqirmoqda.
Aksiya tashkilotchisi, Britaniya kasaba uyushmalari kongressi (The Trades Union Congress, TUC) ma’lumotlariga ko‘ra, ishchilar tarixdagi daromadlarning “eng uzoq va eng og‘ir” qisqarishidan aziyat chekmoqda.
Namoyishda kasaba uyushmalari yetakchilari, turli jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat o‘n minglab odamlar ishtirok etgan. Shuningdek, muxolifatdagi Leyboristlar partiyasining ayrim a’zolari ham namoyishchilar safiga qo‘shilgan. Ular qo‘llarida “Yonilg‘i qashshoqligiga barham bering, uylarni hoziroq isiting”, “Menga dollar kerak” va “ Pul, pul, pul” kabi qo‘shiqlarni kuylashgan.
Aytish joizki, may oyi oxirida Buyuk Britaniya banki rahbari Endryu Beyli Britaniya iqtisodida narxlarning "apokaliptik" o‘sishi kuzatilayotgani va bank inflyatsiyani keltirib chiqarayotgan tashqi sabablarni bartaraf etishga qodir emasligini aytgandi. O‘z navbatida “Daily Mail” ekspertlari Britaniyada neft narxi tufayli 1973 yildan buyon kuzatilmagan eng kuchli iqtisodiy zarba bo‘lishini bashorat qilishgan.
LiveBarchasi