“Menga bunday odamlar kerak emas”. Prezident Sirdaryo tumani hokimi va’dasida turmaganini aytdi

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonalariga 66 mingta murojaat kelib tushgan. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning 80-90 foizini tuman darajasida hal etsa bo‘lar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki,   O‘zbekistonda tadbirkorlar muammolari bilan ishlash tizimi tuman va shaharlarda talab darajasida emas. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 noyabr kuni o‘tkazgan vileoselektor yig‘ilishida gapirgan. 

"Sirdaryo tumani hokimi Muhammadiyev yil boshida tadbirkorlar muammolarini kamaytirish bo‘yicha va’dalar bergan bo‘lsa ham o‘z muammolari bilan murojaat qilgan tadbirkorlar soni ikki baravar oshgan", deydi davlat rahbari. 

Prezident, yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayevga Sirdaryo tumani hokimi Alijon Muhammadiyevni lavozimidan ozod etishni buyurdi. 

"Menga bunday odamlar kerak emas. Agar joylardagi rahbarlar mijozboy, mahallaga tushib hal qilganida 10 oyda 66 mingta murojaat kelmasdi", deydi davlat rahbari.

U bugungi kun hokimlariga qo‘yiladigan talablardan yana biriga to‘xtaldi. 

"Agar hokim xizmat turlarini ham nazoratga olsa, u ham juda katta ishchi joyi yaratadigan manba. Shuniyam qilmasa, bunday hokim bizga kerakmas", deydi Prezident. 

Prezident har bir tumanda yoshlarning alohida kichik sanoat zonasini tashkil etishni taklif qildi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun Buxoro va Jondor tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing