Menda bunday oqshomlar ko‘p bo‘lmaydi. Bu unutilmas kecha bo‘ldi – Karlo Anchelotti

Sport

image

Kecha, 9 mart oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvlari doirasida, Madridning “Real” klubi PSJ jamoasini mehmon qildi va Karim Benzemaning xet-trigi tufayli 3-1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida,“Real Madrid” o‘yinning so‘nggi 30 daqiqasida PSJga hech qanday imkoniyat qoldirmaganini aytib o‘tdi. Shuningdek, Anchelotti uning hayotida bunday oqshomlar ko‘p bo‘lmasligi va bu unutilmas kecha bo‘lganini ham ta’kidlagan.

“G‘alabaga erishish oson bo‘lmadi, lekin biz yuksak sabr namoyish qildik. Benzemaning yaxshi bosimi birinchi golni urishga imkon berdi. Shu paytdan boshlab, “Santyago Bernabeu” sehirli maydonga aylandi. Birinchi gol bizga kuch berdi va raqibni mag‘lub qilishga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi. Oxirgi 30 daqiqa davomida maydonda faqat bitta jamoa bor edi. Yaxshi o‘ynasak, hamma narsaga qodirmiz. Uchrashuvning boshlanishi jamoa uchun omadli bo‘lmadi, ammo biz o‘yin dinamikasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik, xarakter ko‘rsatdik. Bizning jamoamiz fantastik va yigitlarimda o‘ziga xos sehr bor. Menda bunday oqshomlar ko‘p bo‘lmaydi. Bu unutilmas kecha bo‘ldi”,  degan Anchelotti.

Ma’lumot o‘rnida, Parijda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda, PSJ ishonchli o‘yin ko‘rsatib, Kilian Mbappening yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi. Javob o‘yini oldidan ham parijliklarning imkoniyati yuqori baholangandi. Afsus, natija unday bo‘lib chiqmadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing