“Men qaytaman”. Zidan tez orada murabbiylik faoliyatini davom ettirishini aytdi

Sport

image

50 yoshli taniqli sobiq futbolchi va “Real”ning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan kecha, 24 oktyabr kuni Parijda Grevin muzeyida yangi haykalning ochilishi arafasida yaqin orada murabbiylikka qaytishini aytdi. Bu haqda “RMC Sports” nashri xabar beradi.

“Men tezda qaytaman. Kuting, biroz kuting. Tez orada yana murabbiylikka qaytishga yaqinmanman”, degan Zidan.

Eslatib o‘tamiz, Zidan "Real" bilan ketma-ket uch marta bosh murabbiy sifatida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan (2015/2016, 2016/2017, 2017/2018). Uning qo‘l ostida “qaymoqranglilar” ikki marta Ispaniya chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan, shuningdek, ikki martadan UEFA Superkubogi, Ispaniya Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Zinedin 2021 yilning may oyidan beri ishlamaydi. Avvalroq OAVlarda uni yozda bosh murabbiylarini almashtirib bo‘lgan Parij Sen-Jermen va “Manchester Yunayted”ga tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing