Men buni tushunmayapman – Sulsher Ronalduga “tosh otayotgan”larga javob qaytardi

Sport

image

Ertaga, 6 noyabr kuni Angliya Premer ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi. Shubhasiz, kunning eng markaziy uchrashuvi Manchester shahrining ikki jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

11-turda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida hamshahari “Manchester Siti”ni sinovdan o‘tkazadi. Ertangi bahs oldidan “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Norvegiyalik mutaxassis portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning jamoaga ta’siri haqida to‘xtalib, ko‘plab muxlis va mutaxassislarning fikriga qo‘shilmasligini ta’kidladi.

“Qanday qilib Krishtianu jamoa o‘yiniga xalaqit bermoqda deb ayta olasiz? Men buni tushunmayapman va o‘ta kulguli fikrlar. Ronaldu o‘zi o‘ynagan davrlarda sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U o‘z sohasining haqiqiy professionali va KriRoning jamoaga ta’siri juda katta”, deya Sulsherning so‘zlarini keltiradi “Manchester Yunayted” matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Angliya Premer ligasining joriy yilgi mavsumida “Manchester Yunayted” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing