Men bu o‘yinda g‘alaba qozona olmayman –  Gvardiola “Real”ga qarshi bahs haqida

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real”ga qarshi uchrashuv oldidan, maydonda futbolchilar o‘ynashi va ular g‘alaba qozonishi haqida gapirgan. Bu haqda Gvardiolaning so‘zlariga tayanib, UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

“Realda tarix bor, buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Lekin futbol 11 ga 11 o‘ynaladi. Men futbolchilarga har bir lahzadan zavqlanishlarini aytdim. Chunki Yevropa chempionlar ligasi yarim finalida o‘ynash sharaf. Albatta, hamma finalga chiqishni istaydi, lekin barchasini futbolchilar hal qiladi. Futbolchilar futbol o‘ynaydi. Men bu o‘yinda g‘alaba qozona olmayman”, degan Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 26 aprel kuni Manchester shahrida (Angliya) “Etihad Stadium”da Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida “Manchester Siti” – “Real” o‘rtasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Javob o‘yini 4 may kuni Madriddagi (Ispaniya) “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gvardiola Realga qarshi o‘yin

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar