“Men ham buni xohlayman”. Mirziyoyev energetikada erkin bozorga o‘tilishiga rozi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Energetika sohasida erkin bozorga o‘tishshart. Agar erkin bozorga o‘tilmasa, mamlakatga investor kelmaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.

“Ochiq aytish kerak, ko‘p iqtisodchilar energetika sohasida erkin bozorga o‘tishni taklif qilmoqda. Bu – to‘g‘ri yo‘l. Men ham buni xohlayman. Lekin, xalqimizning jon boshiga daromadi, ijtimoiy himoyasini o‘ylab, bu sohadagi islohotlarni shoshmasdan, bosqichma-bosqich qilishimiz kerak”, deydi Prezident.

U eng muhim masala – energiya resurslaridan samarali foydalanish ekanini urg‘uladi.

“Afsuski, iqtisodiyotimizda energiya sarfi boshqa davlatlardan 2 barobar yuqori. Shuning uchun, energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini qabul qilamiz”, davlat rahbari.

Prezidentga ko‘ra, uy, ishxona, bog‘cha, maktab va ko‘chalarda odamlarga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni o‘rgatish kerak. Qonunlarda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur.

Shu bilan birga, kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish keskin oshiriladi. 

Misol uchun, Toshkent viloyatida Olmaliq, Bekobod kombinatlari va boshqa yirik korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun 1 ming megavattli quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatsa, yiliga 2,5 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.  Bu orqali, Toshkent viloyatining qariyb 30 foiz elektr iste’moli ta’minlanadi va 500 million kub metr gaz tejaladi.

Xuddi shunday, boshqa viloyatlar ham, hisob-kitoblarini qilib, kelgusi yil uchun aniq rejalarini belgilab olishi kerakligi qayd etildi. 

“Shu bilan birga, respublikaning har bir tuman va shahar hokimi ham o‘z hududidagi xonadon va korxonalarda jami 5-10 megavattli qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishi shart”, deydi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing