Meliqo‘ziyevning sobiq jahon chempioniga qarshi jangi bekor qilindi
Sport
−
15 yanvar 2021 6144 1 daqiqa
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov va O‘zbekiston vakili Bektemir Meliqo‘ziyev o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda TASS manbasi xabar berdi.
Bunga kecha, 14 yanvar kuni rossiyalik bokschi, sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovdan doping aniqlangani sabab bo‘lgan. YeSPN ma’lumotlariga ko‘ra, rus bokchisida sintetik testosteron topilgan.
“Afsuski, hozirda jang bekor qilindi” deydi agentlik manbasi.
Eslatib o‘tamiz, professional boksning super o‘rta vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning Sergey Kovalyov bilan jangi 2021 yilning 30 yanvariga belgilangan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust