Meliqo‘ziyev bosniyalik bokschini muddatidan avval mag‘lub etdi 

Sport

image

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Toshkent vaqti bilan bugun, 7 avgust tongida AQSHning Texas shtatida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Jangda Meliqo‘ziyev bosniyalik tajribali Sladan Yanyaninga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘n raundga mo‘ljallangan jangning dastlabki raundida o‘zbekistonlik bokschi tana qismiga berilgan kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirdi.

Keyingi raundlarda ham Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik ko‘rsatib, raqibiga ketma-ket zarbalar berdi.

Uchinchi raund oxirida esa referi Bektemirning ketma-ket zarbalaridan keyin jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi. 

Aytish joizki, bu Meliqo‘ziyevning professional boksdagi 10-g‘alabasi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

644

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing